<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Boʻlsa agar shirin soʻz,
 Yo ertalab ochsam koʻz
 Imonim qilib koʻz-koʻz
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.

[V2]
 Yomonni uchratsam ham
 Yolgʻonni uchratsam ham.
 Kechirim berib, bekam
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.

[V3]
 Dunyo qoladi dogʻda
 Goh ishda, goh chorbogʻda.
 Sevinib ketgan chogʻda
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.

[V4]
 Toʻlib toshib Ruhiga
 Hayotning shukuhiga.
 Kirib tez dargohiga
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.

[V5]
 Taʼzim qilib taxtiga
 Bergan inʼom baxtiga.
 Sodiq qolib ahdiga
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.

[V6]
 Deyman Oʻgʻliga rahmat
 Muqaddas Ruhga albat.
 Sevgi toʻla yozgan xat
 Men Xudoga kuylayman
 Goh dardimni soʻylayman.

[V7]
 Cheki yoʻq rahmatimni
 Unga muhabbatimni.
 Bitdim ushbu xatimni
 Men Xudoga kuylayman
 Olqishlarim soʻylayman.</lyrics>
<title>Men Xudoga kuylayman (anʼanaviy)</title>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>